

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati fransiyalik futbolchiga ultimatum qo'ygan: Agar uning o'zini tutishi o'zgarmasa, Kataloniya klubining asosiy jamoasidan chiqarib yuboriladi. Bundan tashqari, "Barselona" Dembeleni yozda sotib yuborishi ham mumkin.
Oldinroq, "Barselona"dagilar Dembelening o'zini tutishidan norozi bo'layotgani e'lon qilingan edi. Futbolchi jamoaning bir nechta yig'ilishiga kech qoldi.



