“Barselona” Bernardeski transferi bo'yicha muzokara o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2017, 00:54
Kataloniya klubi “Fiorentina” yarim himoyachisi Federiko Bernardeskiga qiziqish bildirmoqda.

“Barselona” vakillari futbolchining transferi bo'yicha Milanda “fialko”lar rahbariyati bilan muzokara o'tkazdi.

Shuningdek tomonlar Kristian Teloning Italiya klubiga o'tish masalasini ham ko'rib chiqishmoqda.

Ilgariroq Bernardeski “Fiorentina” bilan shartnomasini uzaytirishni istamaganligi haqida xabarlar chiqqandi. Uning amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar amalda bo'ladi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia