"Barselona" "Bazel" hujumchisi Kabralning transferi borasida muzokaralarni to'xtatdi

Alisher
7 dek 2021, 16:53
"Barselona" "Bazel" hujumchisi Artur Kabralning transferi borasida muzokaralarni to'xtatdi.

Kataloniya klubi "Bazel" bilan muzokaralarda pauza oldi, sababi 23 yoshli braziliyalik oldin taqdim etilgan talablarga to'g'ri kelmayapti.

Shu bilan birga "Barselona" skauti Deku hujumchini xarid qilish kerak deb hisoblaydi.

Kabral Shveytsariya chempionatida 15ta o'yinda 14ta gol urgan holda, to'purar bo'lib turibdi. Shuningdek u Konferenciyalar ligasida 11ta bahsda 11ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport