"Barselona" "Bavariya" yarim himoyachisini nishonga oldi

Aslanov Jasurbek
15 may 2017, 14:23
"Barselona" rahbariyati "Bavariya"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Timoti Tilmanga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi anchadan beri futbolchini kuzatmoqda.

Joriy mavsumda Tilman Germaniya chempionati va mamlakat Kubogida ishtirok etgani yo'q.

Ispan grandi joriy mavsum yakunlangandan so'ng, tarkibni yangi futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi. Klub hujumchi, yarim himoyachi va himoyachilarni ko'rib chiqmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo