"Barselona" asosiy transfer nishonini aniqlab oldi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2019, 10:27
"Barselona" qishda o'z hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, kataloniyaliklar hozirda ilk navbatda "Chelsi"dan Alvaro Morata nomzodini qo'llab-quvvatlamoqda.

Shuningdek, "Barselona" "Chelsi"ning yana bir hujumchisi Olive Jiru, undan tashqari Odion Igalo ("Chanchun Yatay") va Kristian Stuanining ("Jirona") nomzodini ko'rib chiqishmoqda.

"Barselona" o'tgan haftada Munir El-Xaddadini "Sevilya"ga transfer qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es