"Barselona" "Arsenal" forvardiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
4 may 2019, 12:13
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett faoliyatini LaLigada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "to'pchilar"ning 27 yoshli forvardiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi Lyakazettni hujum chizig'ini kuchaytirish mumkin bo'lgan transferlar ro'yxatiga kiritdi. Biroq kataloniyaliklarning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi Antuan Grizmann bo'lib qolmoqda.

Joriy mavsum Lyakazett "Arsenal" safida 46ta uchrashuvda maydonga tushib, 18ta gol urdi va 12ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo