"Barselona" Arauxo bo'yicha qaror qabul qildi

Alisher Ostonov
22 iyun 2025, 17:58
"Barselona" sport direktori Deku jamoa himoyachisi Ronald Arauxo bilan xayrlashishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

"Bitta markaziy himoyachi ketadi, ammo Ronaldning ketishi bizning rejalarimizga kirmaydi. U o'tgan yili nohaq tanqidga uchradi. Bu dunyodagi eng yaxshi himoyachilardan biri", - dedi Deku.

Arauxo 2020 yildan beri "Barselona" sharafini himoya qilmoqda. Urugvaylik futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli himoyachining kataloniyaliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: La Vanguardia