"Barselona" APL yulduzi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Sherzod Nurmatov
14 okt 2023, 15:35
"Brayton" futbolchisi Kaoru Mitomaga ispan grandi qiziqish bildirmoqda.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "Barselona" yozgi transfer oynasida Kaoru Mitomani transfer maqsadi sifatida belgilab oldi.

"Ko'k-anorranglilar" skautlari va murabbiylar shtabi Mitomaning mahoratiga qoyil qolgan. Ularga uning driblingi va kreativligi maqul kelmoqda. 

"Barselona" qishki transfer oynasida tayanch nuqtasini mustahkamlab, Mitoma uchun mumkin bo'lgan harakatlarni yozgacha qoldirmoqchi.

Mitoma joriy mavsum 8 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxi 50 million evroga baholagan. Biroq u Ansu Fati bilan bog'liq shartnomaga qo'shilishi yoki qo'shilmasligi aniq emas.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo