“Barselona” 20 yoshli yaponiyalik futbolchini sotib oladi

8 iyul 2019, 09:56
“Kashima Antlers” klubi yarim himoyachisi faoliyatini Kataloniya klubida davom ettiradi.

Xiroki Abe 1,1 mln evro evaziga “Barselona” a'zosiga aylanadi. Abe Kataloniya klubi bilan 3+2 ko'rinishida shartnoma imzolaydi.

Joriy mavsum Abe “Kashima Antlers” safida 25 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo