"Barselona" 12 o'yinlik ananasini davom ettiradimi?!

Tolibjon Qosimov
21 dek 2016, 17:33
Bugun tunda Ispaniya kubogi 1/16 finalining javob uchrashuvlari o'tkaziladi.

"Barselona" o'z maydonida "Erkules"ni qabul qiladi. "Ko'k-anorranglilar" "Copa del Rey" doirasida o'z maydonlarida bo'lib o'tgan so'nggi 12 o'yinning barchasida g'alaba qozonishgan. Ana shu uchrashuvlarda "Barselona" raqiblar darvozasiga jami 51ta gol urgan.

Eslatib o'tamiz, bu jamoalar o'rtasidagi bahsning dastlabkisida 1:1 hisobi qayd etilgan.

"Barselona" - "Erkules" uchrashuvi natijasini quyidagi linkda kuzatishingiz mumkin >>> LINK

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia