"Barsa": "Kim eng zo'rligini hamma biladi"

20 iyul 2020, 19:57
Kataloniyaning "Barselona" klubi France Football nashrining "Oltin to'p" mukofotini 2020 yilda topshirmaslik haqida qaroriga munosabat bildirdi.

"Biz vaziyatni tushunamiz. Bundan tashqari, kim eng yaxshi ekanligini barcha biladi", – deb yozdi "ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati klubning Twitter'dagi rasmiy sahifasida. Xabarga jamoa yetakchisi Lionel Messining oltita "Oltin to'p" bilan tushgan surati ilova qilingan.

Eslatib o'tamiz, argentinalik charm to'p ustasi ushbu sovringa 2009, 2010, 2011, 2012, 2015 va 2019 yillarda ega chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/FCBarcelona