"Barsa", "Inter", "Atletiko" va PSJ Genduzi bilan aloqada. U "Arsenal"dan ketishi mumkin

Alisher
26 iyun 2020, 14:07
"Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzi klubini o'zgartirishi mumkin.

21 yoshli fransiyalik o'yinchi Yevropa klublari bilan aloqada bo'lib turibdi. Ular orasida "Inter", "Barselona", "Atletiko" va PSJlar bor.

Qayd etish kerakki, Genduzining "Arsenal"dan shu yozda ketishi istisno qilinmagan.

Eslatib o'tamiz, xavbek London klubining APL 31-turi doirasidagi "Sautgempton"ga qarshi o'yin uchun tarkibida yo'q edi. Bundan tashqari, u jarohatlanmagan va diskvalifikaciya ham qilinmagan.

Genduzining "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: getfootballnewsfrance.com