"Barsa" Gyundoganni kuzatmoqda

Sherzod Nurmatov
15 noya 2022, 14:35
Kataloniya klubi "Manchester Siti" futbolchisi Ilkay Gyundoganni kuzatuvga olgani ma'lum qilindi.

32 yoshli Germaniya terma jamoasi a'zosining hozirgi jamoasi bilan amaldagi bitimi ushbu mavsum oxirida yakuniga yetishini hisobga olgan holda "ko'k-anorranglilar" futbolchiga jiddiy qiziqayotgani ochiqlandi. 

O'yinchining o'zi "shaharliklar" tarkibini tark etishi yoki qolishi borasida aniq biror qarorga kelganicha yo'q. U joriy mavsumda ingliz klubi uchun Premer-ligada 12 o'yinda ishtirok etdi.

Jami 20 o'yinda maydonda harakatlangan Ilkay Gyundogan "Etixad" egalari uchun 2 ta gol urdi va yana shuncha golga assistentlik qildi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports Germany