Barriosga Angliya va Italiya klublari qiziqmoqda

Alisher
12 may 2021, 10:00
Peterburgning "Zenit" klubi xavbeki Vilmar Barrios yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

El Universal'ning ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachiga Angliya va Italiya klublari qiziqish bildirmoqda.

27 yoshli kolumbiyalik futbolchi "Zenit"ga 2019 yilning fevralida "Boka Xuniors"dan o'tgan edi. Barrios joriy mavsum barcha musobaqalarda Piter klubi libosida 33ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Vilmarning "Zenit" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Universal