Balotelli faoliyatini BAAda davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2026
Italiyalik taniqli hujumchi Mario Balotellining yangi klubi aniq bo'ldi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berishicha, 35 yoshli futbolchi BAA chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "Al Ittifoq" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Kelishuv 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Balotellining yangi jamoasi hozircha og'ir davrni boshdan kechirmoqda - 11 turdan so'ng jamoa turnir jadvalida oxirgi o'rinda bormoqda va natijalarni yaxshilash uchun italiyalik futbolchining tajribasiga umid qilmoqda.

Mario Balotelli Yevropa futbolining top-klublaridagi o'yinlari bilan tanilgan. Turli yillarda u "Inter", "Milan", "Manchester Siti", "Liverpul" jamoalari sharafini himoya qilgan, shuningdek, Italiya terma jamoasi safida o'ynab, 2012 yilgi Yevropa chempionatida kumush medal sohibi bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com