Balotelli: "A Seriyani "yorib" tashlayman"

Aslanov Jasurbek
12 okt 2024
Mario Balotelli A Seriyani "portlatish"ga vada berdi.

Balotelli bilan jonli efirda suhbatlashgan strimerlardan biri "Veneciya"ni 30 yoshli hujumchisi Yoel Poxyanpaloni italiyalik forvardan ustun qo'yishini aytdi.

"Nimalar deyapsan? A Seriyada o'ynamaganim uchun meni tan olmaysanmi? Seni ham, A Seriyani ham jin ursin!

So'z beraman: Klub topsam, A Seriyani "yorib" tashlayman! Yorib tashlayman bu #@%$ A Seriyani!" - dedi Balotelli.

Ma'lumotlarga ko'ra, forvard "Jenoa" yoki "Torino"ga o'tishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia