Balage: "Mourinyo "Real"ni boshqaradi"

Aslanov Jasurbek
19 dek 2015
Mashhur jurnalist Gilem Balagening fikricha, "Real"dan haydalgan Joze Mourinyo "Real"ni boshqaradi.

"Mourinyo ketganida Kataloniya matbuot bayram qilgan edi, chunki ular "Real" bilan sodir bo'ladigan barcha yomon vaziyatlarni bayram qiladi. Madrid matbuoti o'sha paytda Mourinyoning kelajagi borasida qiziqdi.

Kecha "Real" prezidenti radio orqali kelajakni aytib bo'lmasligi haqida gapirdi. Demak, nimadir sodir bo'ladi, ammo hozir emas.

Mourinyo madridliklarni boshqarishiga ishonaman. Birinchidan, Mourinyoning "Real"da yakunlanmagan ishi borligini his qilyapman, ikkinchidan, Florentino Peresning fikricha, Mourinyo jamoaga boshqalardan ko'ra ko'proq qayg'urgan" - deydi Balage.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports