Bakayoko “Chelsi”ga o'tishga yaqin

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2017, 22:41
“Monako” yarim himoyachisi Temue Bakayoko “Chelsi” bilan shartnoma tuzishga yaqin.

Ushbu kelishuvning bahosi 35 million funt deya baholanmoqda. “Chelsi” ustozi Antonio Konte Bakayokoni asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko'rmoqda.

O'tgan mavsumda futbolchi Fransiya chempionatida 32 ta uchrashuvni o'tkazib, ikkita gol urdi va bitta golga hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph