Bahrom Haydarov: "Neftchi" maydonda borini berib o'ynadi"

Narzulla Saydullayev
10 may 2018
“Qo'qon-1912” hamda “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi bahsdan o'tkazilgan matbuot anjumanida farg'onaliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov hamda futbolchi Abdujamol Isroilovlar ishtirok etishdi:

-  Chiroyli o'yin ko'rdik. O'z jamoamga ko'rsatgan o'yini uchun katta rahmat deb qolaman. Haqiqiy derbi maqomidagi bahs deyish mumkin. Umuman olganda, o'yin muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. “Qo'qon-1912” ham “Neftchi” ham g'alaba uchun kurashgan ekanligini isbotlab qo'yishdi. Natija bellashuvga mos bo'ldi. Hozirgi holatdan kelib chiqib ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashga majbur bo'ldik. Yoshlarga imkoniyat bermoqdamiz. Ular bizning ishonchimizni oqlayapti.  Bugun “Neftchi” maydonda borini berib o'ynadi. Shu o'rinda, Farg'onadan o'yinni tomosha qilish uchun kelgan muxlislarga ham rahmat aytib qolaman, - deydi Bahrom Haydarov. 

Abdujamol Isroilov: O'yin oldidan murabbiylar bizga o'z ishonchimizni qaytarishdi deyish mumkin. Ochig'i, bunday atmosferada o'ynash juda qiyin sanaladi. Farg'onalik muxlislarga rahmat.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Нефтчи” матбуот хизмати