Bahodir Pardaev: "Buxoro" menga to'la ishonmoqda"

Narzulla Saydullayev
2 fev 2016, 12:30
"Buxoro" klubi bilan shartnoma tuzgan Bahodir Pardaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoa bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayapmiz. Bu erga Tachmurad Agamurodovning taklifiga binoan kelganman. Klub menga to'la ishonayapti va men uchun bu juda muhim. Umid qilamanki, mavsum davomida ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman va o'z gollarim bilan "Buxoro"ga yordam beraman", - deydi Bahodir Pardaev "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia