Bahodir Nasimov jamoasi "Hafzi kubogi" finaliga chiqa olmadi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2014, 16:47
Eronda "Hafzi kubogi" yarim final o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Bahodir Nasimov to'p tepayotgan "Padideh" klubi o'z maydonida Tehronning "Naft" klubiga qarshi o'ynadi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida "Naft" omadliroq chiqdi - 8:7. 

Nasimov penaltilar seriyasida jamoasining ikkinchi zarbasini amalga oshirdi va gol urdi.

"Padideh" navbatdagi o'yinni 11 dekabr kuni Eron pro ligasi doirasida Ahvazning "Naft" klubiga qarshi o'tkazadi.

"Padideh" - "Naft Tehron"1:1 (penaltilar seriyasi 7:8)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia