Bahodir Ahmedov: "Og'ir o'yindagi g'alabadan xursandman"

Narzulla Saydullayev
1 dek 2018, 18:10
Osiyo chempionati U-20 musobaqasining Markaziy mintaqa saralashi 1-turi doirasidagi Qirg'iziston - O'zbekiston uchrashuvidan keyin Bahodir Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin og'ir bo'ldi. Yigitlarimiz birinchi marta bunday xalqaro o'yinda harakat qilishdi. Birinchi bo'limda juda hayajonlanishdi. Tanaffusda ularga tushuntirdik. O'z o'yiningizni ko'rsating deb aytdik. Birinchi o'yinda g'alabaga erishganimizdan xursandman.

Bugun bizda jamoaviy o'yin bo'ldi. Yoshlarimiz hali hayajonni bosib olishmagan. Yetakchilarimiz bor, xudo xohlasa biroz tajriba olishsa buni barchaga ko'rsatishadi", - deydi Bahodir Ahmedov championat.asia saytiga.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia