Bahodir Ahmedov: "Darvozabonlar bilan ishlashni Rustam Umarovga yukladik"

Iskandarov Abdulaziz
20 sen 2022, 20:48
O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov O'FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Osiyo chempionati oldidan murabbiylar shtabi qanday ko'rinish olishi haqida terma jamoamiz ustozi shunday fikr bildirdi.


"Hozirda Nodir Eliboev, ispaniyalik murabbiy o'rin olgan. Shuningdek, darvozabonlar murabbiyini jalb qilishga harakat qildik. Lekin iloji bo'lmadi. Mazkur vazifani Rustam Umarovga yukladik. Rustam yaxshi ish olib boryapti. O'ylaymanki, murabbiylar shtabimiz yaxshi. Maqsadimiz bitta, g'alaba qozonish. Yigitlarimiz mashg'ulotlarda astoydil ishlashmoqda. Xalqimizga katta bayram qilib berishga harakat qilamiz",- deydi Bahodir Ahmedov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia