Babayan O'zbekiston milliy terma jamoasining Suriya va Qatarga qarshi tarkibini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
29 avg 2016, 18:12
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi dastlabki ikki uchrashuv uchun tarkibni ma'lum qildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 1 sentyabr kuni saralshning uchinchi bosqichi dastlabki o'yinlari doiarsida Toshkentda Suriya terma jaomasini qabul qiladi. 6 sentyabr kuni esa safarda Qatarga qarshi o'yin o'tkazadi.

Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi Suriya va Qatarga qarshi o'yinlar uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etgan:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimec (“Beyjing Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay” – Xitoy), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” – Rossiya), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Aziz Haydarov (“Ash-Shabob” – BAA), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” – Qatar), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”)

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” - Qozog'iston)

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com