

Ushbu qur'a tashlash marosimiga Osiyo Futbol Konfederatsiyasi taklifiga muvofiq, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan hamda terma jamoa menejeri Ramil Ilyosov Malayziyaga jo'nab kyetishdi.
Takidlash kerakki, ikkinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan 12ta terma jamoa esa, 12 aprel kuni Kuala-Lumpur shahridagi “Mandarin Oriental” mehmonxonasida bo'lib o'tadigan qur'adan so'ng, JCH-2018 final bosqichiga yo'llanma beruvchi so'nggi saralash bosqichidagi raqiblari nomini bilib oladilar. Eslatib o'tamiz, mazkur saralash bosqichida, 12ta terma jamoa 6tadan ikki guruhga bo'lingan holda JCH-2018 final bosqichi yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiradilar.
O'zbekiston millyi terma jamoasi qur'ada Saudiya Arabistoni bilan 3-savatdan joy olgan.



