BAA U-23 bosh murabbiyi 1:5dan keyin: "Bitta xatodan keyin o'yinimiz sochilib ketdi"

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2020, 20:37
U-23 Osiyo chempionati doirasidagi BAA - O'zbekiston (1:5) uchrashuvidan so'ng BAA bosh murabbiyi Macey Skorja matbuot anjumanida qatnashdi.

"Biz o'yinni yaxshi boshladik. Keyin esa bitta xatodan keyin o'yinimiz sochilib ketdi. O'zbekiston esa o'zini qo'lga oldi. VAR orqali penalti qo'yilishi ham ta’sir qildi. Penalti bermasa ham bo'lardi nazarimda. Bizda shuningdek Iordaniya bilan o'yindan keyingi charchoq ham sezildi.

Balki mening xatoim ko'proq zaxira o'yinchilarini tushirmaganim bo'lgandir. Ular kuchga to'la edi. O'zbekiston o'yinni qurishda ham ustunlik qildi.

Bizga maydon markazida faollik yetishmadi. Raqib esa aksincha maydon markazida aktiv bo'ldi. O'zgarishlarni shunga amalga oshirdim", - deydi BAA ustozi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz