Musobaqa mezbonlari dastlabki turni Gondurasga qarshi o'tkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchrashuvning 26-daqiqasida BAA bir kishi kam bo'lib qoldi, negaki yarim himoyachi Sulton Al Shamsi raqib futbolchisining oyog'iga tashlangani uchun o'sha zahoti maydondan chetlatildi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida BAA o'smirlar termasi bosh murabbiyi Rashid Amir Al Badvavi “qizil” berilgan vaziyatda italiyalik hakam xatoga yo'l qo'yganini aytib o'tdi:
“Mening fikrimcha, o'yinchimiz “qizil”ga tortadigan qo'pollikni amalga oshirmadi. To'g'ri, u to'pni olib qo'yish maqsadida qo'pollik ishlatdi, biroq bu harakat ko'p borsa “sariq”qa tortardi. Menimcha, bu vaziyatda hakam xatoga yo'l qo'ydi. Umuman olganda, o'yinni yomon boshlamadik. Lekin kutilmaganda futbolchimizning chetlatilishi bir qator rejalarni chippakka chiqardi. Endi keyingi bosqichga chiqish uchun navbatdagi ikki bellashuvda g'alaba qozonishimiz talab etiladi”.
X.XOLIQOV tayyorladi.