BAA Pro ligasi. "O'zbek derbisi"da "Bani Yas" va "Al Bataeh" o'zaro durang o'ynadi

Alisher Ostonov
18 yanv 2026
BAA Pro ligasi 13-tur doirasidagi "Bani Yas" - "Al Bataeh" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida Otabek Shukurov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi, hamyurtimiz shuningdek 76-daqiqada sariq kartochka oldi, Akmal Mozgovoy esa zaxirada qoldirildi. Mehmonlar safida Aziz G'aniev o'yinda to'liq harakat qildi va Flashscore portali bahosiga ko'ra o'yinning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Bahs esa durang (1:1) bilan yakunlandi. "Al Bataeh" BAA chempionatida 13 turdan so'ng 10 ochko bilan 12-o'rinda, "Bani Yas" esa 8 ochko bilan so'nggi, 14-o'rinda bormoqda.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia