BAA. Otabek Shukurov jamoasidan 6:3 hisobidagi g'alaba

Narzulla Saydullayev
17 sen 2018
BAA pro-ligasining 2-turidan o'rin olgan "Sharja" - "Al Nasr" uchrashuvida 9ta gol urildi.

Unda "Sharja" 6:3 hisobida g'alaba qozondi. Braziliyalik Velliton pokerga erishdi. "Sharja" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurov to'liq o'ynadi.

Ushbu g'alabadan so'ng "Sharja" 6 ochko bilan musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda.

"Sharja" - "Al Nasr" 6:3
Gollar:
Velliton 8 penalti, 26, 35, 86, Kronado 15 penalti, Rayan Mendes 41 - Yoan Kabay 43, Iuri 45+5 avtogol, Markinos Gabriel 53.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia