Azmun Italiyaga yo'l olishi mumkin

"Lacio" klubi hujumchi izlash bilan band.

Klub Uesli Moraesni qo'yib yubordi va endi unga mos boshqa forvard qidirishga tushib ketdi. Ma'lum bo'lishicha, rimliklar short-listidan Sardor Azmun, Igli Tare, Andrea Petanya (ikkalasi SPAL) o'rin olishgan. 

Qayd etish kerak, 24 yoshli eronlik hujumchi o'tgan mavsum "Zenit" safida 26 o'yin o'tkazdi va 13 ta gol urib, 6 ta golga assistentlik qildi. 



Manba: cittaceleste.it