

"Pley-off uchrashuvida "Bunyodkor"ga qarshi o'ynaymiz. To'g'ri o'yinda bitta jamoa g'olib bo'ladi. Lekin qaysi jamoa yutsa ham men xursand bo'laman. Menimcha o'yin juda qiziq bo'ladi. "Bunyodkor" jamoasi doim oliy maqsadlar sari, "Al Shabab" esa yuqori maqsadlar sari intiladi.
Uchrashuv 9 fevral kuni Toshkentda bo'ladi. Sovuq harorat "Al Shabab"ga ta’sir qilmasa kerak. Toshkentda "Bunyodkor" muxlislari qarshisida o'ynaymiz.
Futbolda o'z sobiq klubiga qarshi o'ynash holatlari juda ko'p kuzatiladi. Bu odatiy holga aylanib qolgan, bunga e'tibor ham berilmaydi. Bizda esa kam uchragani uchun ko'proq urg'u beriladi.
O'yinda barchaga omad tilab qolaman. Kim kuchli bo'lsa o'sha jamoa g'olib bo'lsin", - deydi Azizbek Haydarov.



