Aziz Ibragimov "Bogemians" safida gol urdi

Narzulla Saydullayev
22 sen 2013
Chexiya ikkinchi ligasida (bizning birinchi ligamiz bilan teng maqomda) to'p tepayotgan hamyurtimiz Aziz Ibragimov 9-turda o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.
O'zbekistonlik futbolchi o'ynayotgan "Bogemians" klubi o'z maydonida "Spartak Sezimovo Usti"ni qabul qilib 1:1 hisobida durang o'ynadi. 65-daqiqada Aziz Ibragimov gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Bosh murabbiy hamyurtimizni 78-daqiqada boshqa futbolchiga almashtirdi. 

"Bogemians" 9ta turdan 7 ochko to'plab musobaqa jadvalining 15-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi turni 29 sentyabr kuni safarda "Viktoriya Jijkov"ga qarshi o'tkazadi.

"Bogemians" - "Spartak Sezimovo Usti" 1:1
Gollar
: Aziz Ibragimov 65 - Siferskiy 56.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia