

Terma jamoamizni iyun oyida Eronga qarshi muhim o'yin kutib turibdi. Legionerlarimiz o'ynayotgan mamlakatlarda chempionat tugagani bois Haydarov va Abduxoliqov formalarini ushlab turish uchun "Lokomotiv" tarkibida mashg'ulot o'tkazishmoqda. Bu haqda "Lokomotiv" klubining telegramdagi rasmiy kanali e'lon qildi.




