Aziz Alijonov "Neftchi"ga qaytdi

Mirjalol Normatov
13 iyul 2022
O'tgan yili "Neftchi"ning 18 yoshgacha bo'lgan jamoasini mamlakat chempioniga aylantirgan murabbiy Aziz Alijonov yana Farg'ona klubiga qaytdi.

Birinchi davra mobaynida "Bunyodkor" asosiy jamoa murabbiylar shtabida o'zgarishlar yuz bergandi: Shuhrat Maqsudov iste'foga chiqarilgach, jamoaning yoshlar tarkibi bilan ishlayotgan Viktor Karpenko asosiy jamoani qabul qilib olgandi. Davralar oralig'ida esa "Bunyodkor" U-21 jamoasi bosh murabbiyi ham o'zgardi: Abduhamid Qodirov o'rniga Ivan Boshkovich.

Balki yoshlar jamoasining murabbiylar shtabi o'zgargani sababli dastlabki davrada Abduhamid Qodirovga yordam bergan Aziz Alijonov ham jamoadan ketgandir. Ikkinchi davradan u "Neftchi" U-21 jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlaydi.

Ayni damda "Neftchi" yoshlar jamoasida ishlar yaxshi emas: 13 o'yinda atigi 2 g'alaba qayd etgan jamoa 5 marta durang o'ynab, 6 marta mag'lub bo'ldi. Ayni damda "Neftchi" U-21 chempionati turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia