Azim Ahmedovning “Neftchi”ga o'tishi kutilmoqda

Narzulla Saydullayev
1 dek 2015, 10:20
So'nggi yillarda “Navbahor”ning yetakchilaridan biriga aylanib ulgurgan futbolchi aftidan kelasi yil jamoasini o'zgartiradigan ko'rinadi.

Ma'lumki bugungi kunda namanganliklarning moliyaviy ahvoli xavas qiladigan darajada emas. Shu bois futbolchilar boshqa takliflar borasida ko'rib chiqmoqda deyish mumkin. Xususan Azim Ahmedov ham katta ehtimol bilan yaqin orada “Neftchi”ga o'tishi kutilmoqda. Aytishlaricha farg'onaliklar ushbu markaziy yarim himoyachini o'z safida ko'rish maqsadida futbolchiga taklif yuborgan. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia