Azar "Real"ga 4 iyunga qadar o'tmoqchi

Tolibjon Qosimov
25 may 2019, 13:03
Yarim himoyachi Eden Azar "Chelsi" oldiga o'zining "Real"ga transferini rasmiylashtirish uchun muddat qo'ydi.

Bu haqda "The Mirror" nashri ma'lum qildi. Keltirilishicha, futbolchi 4 iyunga qadar ingliz klubini tark etib madridliklar ixtiyoriga borib qo'shilmoqchi.

Biroq, klublar haligacha belgiyalikning narxi borasida bir to'xtamga kelishmagan. Londonliklar Azar uchun 112 million funt sterling so'rayotgan bo'lsa, "Real" 86 mln to'lamoqchi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Mirror