Azar nima uchun 50-raqamda o'ynagani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
21 iyul 2019, 10:29
"Real" vingeri Eden Azar Xalqaro chempionlar kubogi doirasida "Bavariya"ga qarshi o'yinda qatnashdi.

Bu 28 yoshli futbolchining madridliklar safidagi debyut bahsiga aylandi. Vinger ushbu bahsda 50-raqamda harakat qildi. Buning sababi, odamlar Oy sayyorasiga birinchi bora qo'nishganiga 50 yil bo'lgani deb ma'lum qilindi.

Qayd etish kerak, "Real" matbuoti Azarning raqamini rasman e'lon qilganicha yo'q. Ammo u 23-raqamni tanlagani borasida xabarlar tarqagandi. U "Chelsi"da harakat qilgan 10-raqami esa "Real"da Luka Modrichga tegishli.

1969 yilning 20 iyulida amerikalik astronavtlar "Apollon-11" raketasi orqali Oy sayyorasiga ilk bora qadam qo'yishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal