Azar: "Mourinyo qo'l ostidagi MYU bilan o'ynashga sabrim chidamayapti"

Aslanov Jasurbek
28 may 2016, 16:41
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar Joze Mourinyoning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi etib tayinlanishiga fikr bildirdi.

"Mourinyo - fantastik murabbiy, unga kelasi mavsumda omad tilayman. Joze qo'l ostidagi MYU bilan o'ynashga sabrim chidamayapti. U katta tajribaga ega yaxshi murabbiy. U yirik klubi bilan shartnoma imzoladi va g'alaba qozonmoqchi.

Jamoamizning yangi murabbiyi Antonio Konte bilan suhbatlashdim. U Evro-2016da menga omad tiladi va ushbu turnirdan so'ng ko'rishishimizni aytdi" - deydi Azar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports