Azar Madriddan uy izlamoqda

Mirjalol Normatov
14 fev 2019, 23:52
"Chelsi" yarim himoyachisi yashash uchun Madriddan uy izlamoqda.

Bu haqda "Okdiario" nashri xabar bermoqda.

"Azar Madriddan uy izlamoqda, Kurtua esa bunga yordam bermoqda. U o'z agentini bu borada ishlashga yo'naltirgan. Unga La Finsa tumani yoqmoqda. Katta ehtimol bilan u o'sha yerda yashaydi.

Hozirda Garet Beyl jamoani tark etishi kutilmoqda. Shunday bo'lsa, u uelslikning uyiga joylashadi", - deb yozadi "Okdiario" nashri bosh taxrirchisi.

Oldinroq "Real" futbolchini 100 million evroga sotib olishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia