Azar kutilganidan tezroq tiklanmoqda

20 avg 2019, 19:47
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar jarohatidan tiklanishni davom ettirmoqda.

Marca nashrining ma'lumotiga asosan, u kutilganidan tez suratda tiklanish jarayonida va rasmiy o'yinda debyut uchrashuvini 1 sentyabr kuni o'tkazishi mumkin. O'sha kuni "Real" LaLiganing 3-turida "Vilyarreal" bilan o'ynaydi. 

Avvalroq, 27 yoshli belgiyalik chap oyoq sonidan olgan jarohati bois 3-4 haftaga safdan chiqqani aytilayotgandi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com