Azar "Chelsi" rahbariyatiga klubda qolishini ma'lum qildi
Aslanov Jasurbek
5 may 2016, 16:41
Yarim himoyachi Eden Azar "Chelsi" rahbariyatiga klubda qolishni istayotganini ma'lum qildi.
Qishda belgiyalik London klubini tark etishi haqida mish-mishlar yurgan edi. Futbolchi uchun asosiy da'vogarlar PSJ va "Real" edi. Ammo xavbek Antonio Konte qo'l ostida ishlashga tayyorligini bildirgan.