Azamat Bobojonov "Neftchi"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
25 noya 2014
Samarqandning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Azamat Bobojonov 2015 yilni vodiy klubida boshlaydi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, 1988 yilda tug'ilgan futbolchi Murod Ismoilov boshchiligidagi "Neftchi"ga ko'chib o'tgan.  

Azamat Bobojonov "Dinamo"dan tashqari "Xorazm", "Mashal", "Buxoro" va "Qizilqum" kabi klublarda faoliyat olib borgan.

Ma'lumot uchun, Bobojonov yakuniga etgan mavsumda oliy ligada 23ta o'yinda ishtirok etib ikkita gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia