Ayollar Oliy ligasi. “Andijanka” – “Navbahor-W” uchrashuvi qoldirildi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2020, 09:30
Ayollar Oliy ligasi 3-turidan o'rin olgan “Andijanka” – “Navbahor-W” uchrashuvi “Navbahor-W” futbolchi qizlarida koronavirus aniqlangani uchun boshqa muddatga qoldirildi.

O'zPFL qoshida shifokorlardan tuzilgan maxsus komissiya talabiga ko'ra, ayollar Oliy va Birinchi liga jamoalari ham Ig G va PZR testlari topshirishi haqida xabar bergan edik. Shunday test jarayonida qatnashayotgan “Navbahor-W” klubining bir necha a'zolarida koronavirus infekciyasi aniqlangan. Shu bois, klub a'zolari extiyot chorasi sifatida izolyaciyaga olingan. Jamoaning 3-turda “Andijanka”ga qarshi o'yini esa, boshqa muddatga qoldirildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz