Ayollar futboli. O'zbekiston milliy terma jamoasi Hindistonni mag'lub qildi

5 apr 2021, 19:21
O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasining Olmaliqdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari davom etadi.

Bahrom Norsafarov shogirdlari bugun Hindiston ayollar milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishdi. Biroz avval yakuniga etgan bahs taqdirini Maftuna Shoyimova tomonidan 87-daqiqada urilgan gol hal qildi. Hamyurtimiz hindlar darvozasiga jarima zarbasidan yo'l topishni uddaladi.


O'zbekiston 1:0 Hindiston

Gol: Maftuna Shoyimova

O'zbekiston: Tilovova, Shodieva, Norbekova, Zaripova, Ilasheva, Zoirova, Kamoltoeva (Zayniddinova 58, Sharipova 77), Shoyimova, Burxonova, Qudratova, Xabibullaeva (A. Norboeva 90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia