"Ayaks" "Barselona"dan 100 million talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
24 mar 2019, 13:27
"Barselona" himoyachi Matteys De Ligtni o'z safiga qo'shib olish uchun "Ayaks" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

"El Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Gollandiya grandi 19 yoshli futbolchisining transferidan 100 million evro ishlab olmoqchi. Kataloniyaliklar esa himoyachi uchun 60 million evro to'lamoqchi. De Ligt agenti Mino Rayolaga "Barselona"ga o'tmoqchi ekanligini aytib qo'ygan.

"Barselona" oldinroq "Ayaks" himoyachisi Frenki De Yongning transferini rasmiylashtirgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Mundo Deportivo