"Ayachcho" o'yindan keyin futbolchisini unutib qoldirdi

Mirjalol Normatov
28 may 2023, 17:50
Kecha Fransiya chempionati doirasida "Ayachcho" jamoasi "Lans" mehmoni bo'ldi va 0:3 hisobida yutqazdi.

Ushbu uchrashuv yakunlanganidan keyin "Ayachcho" o'z futbolchisi Ben Tureni avtobusda olib ketishni yoddan chiqardi. Bunga futbolchining kechikkani sabab bo'ldi. Shundan keyin u "Lans" muxlislari bilan birga klubning mashinalar turadigan joyida qolib ketdi.

"Ular meni yoddan chiqarishdi", - dedi futbolchi muxlislardan biriga.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal