Avstriyalik Gregorich Evro tarixidagi 700-golni urdi

Alisher
14 iyun 2021, 12:26
Avstriya terma jamoasi hujumchisi Mixael Gregorich Evro-2020 doirasidagi Shimoliy Makedoniya (3:1)ga qarshi o'yinda g'alaba golini urdi.

"Augsburg"da o'ynaydigan 27 yoshli forvardining goli Yevropa chempionati final turnirlaridagi 700-si bo'ldi.

Ilk gol 1960-yildagi Evroda Milan Galich (Yugoslaviya) tomonidan urilgan, 100-gol - Alen Jiress (Fransiya), 200-gol - Kim Vilfort (Daniya), 300-gol - Zlatko Zaxovich (Sloveniya), 400-gol - Terri Anri (Fransiya), 500-gol - Xavi (Ispaniya) va 600-gol - Nani (Portugaliya)ga tegishli.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com