Avstraliyaning JCHdagi so'nggi 3 goli penaltidan kiritildi

Mirjalol Normatov
21 iyun 2018, 17:55
Avstraliya ayni damda JCH-2018ning 2-turi doirasida Daniyaga qarshi bahs olib bormoqda.

Uchrashuvning 38-daqiqasida Mayl Yedinak penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. Avstraliyaning o'tgan turda Fransiyaga qarshi uchrashuvida ham aynan Yedinak penaltidan urgandi.

2014 yilgi mundialning 3-turida Avstraliya Gollandiyaga mag'lub bo'ldi. Unda ham Yedinak 11 metrlik jarimadan so'ng darvozani ishg'ol etgandi.

Demak, Avstraliya JCHdagi so'nggi uch golini Mayl Yedinak aynan penaltidan kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia