Avstraliya JCH-2022ni qabul qilishga tayyor

Tolibjon Qosimov
3 iyun 2014, 14:58
Agar Qatar Jahon chempionati mezbonligidan mahrum bo'ladigan bo'lsa, Avstraliya hukumati 2022 yilgi Jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, Qatar JCH-2022ni pora berib saylovda yutganlikda ayblanmoqda.
JCH-2022ga  mezbonlik uchun Avstraliya, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya va Qatar o'z nomzodlarini qo'yishgan edi.
Avstraliya Qatar bilan bo'layotgan mojaroga diqqat bilan e'tiborini qaratgan va mezbon o'zgaradigan bo'lsa Avstraliya o'z uyida JCH-2022ni qabul qilish uchun kurashga tayyor.
Avstraliya 2015 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru