Avstraliya va Janubiy Koreya JCH-2015 ishtirokchilari!

Narzulla Saydullayev
14 sen 2014, 15:54
Xabar berganimizdek, bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan o'smirlar (U-16) o'rtasidagi Osiyo chempionatida JCH-2015 ishtirokchilari aniqlanadi.
Hozirgina ana shu kichik mundialning ikki ishtirokchisi nomi ma'lum bo'ldi.

Yashil qita vakillari Malayziyadan 2:1 hisobida ustun kelishgan bo'lsa, Janubiy Koreya Yaponiya terma jamoasini 2:0 hisobi bilan taslim etdi. Bizning vaqti bilan soat 18.00da O'zbekiston – Suriya hamda Eron – KXDR uchrashuvlari boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com